Qabul 2023-2024

Xalqaro Innovatsion Universitetida Qabul jarayonlari yakunlandi!

Xalqaro Innovatsion Universitetida Qabul jarayonlari yakunlandi!

Biz haqimizda

Biz haqimizda

Xalqaro Innovatsion Universiteti

Xalqaro innovatsion universitetida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

2056 Talabalar

Bizning Universitetda tahsil olayotgan talabalar

Universitetimiz

Litsenziyasi

Litsenziya

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Litsenziyani ko'rish
Xiu-Edu.UZ

Guvohnoma

Xalqaro Innovatsion Universiteti guvohnomasi

Ariza topshirish
Xiu-Edu.UZ

Ariza topshirish uchun

Video qo'llanma

Ko'p beriladigan savollarga

Javoblar

Kirish imtihonlari qachon bo'ladi?

Kirish imtihonlari boshlanishidan ikki kun oldin ro'yxatdan o'tkazilgan raqamga sms shaklida habar beriladi

Bir guruhda nechta talaba tahsil oladi?

Guruhlarning toʻlishi va taʼlim jarayonlarini tashkil etish talablariga qarab 20-24 ta talaba tahsil oladi.

Shartnoma to'lovini bo'lib to'lash imkoni bormi?

Ha,to'rtga bo'lib to'lash mumkin (har bir semestrning oxirigacha 50% i to`lanishi kerak). O'quv yili ikki semestrdan iborat. Birinchi to'lovni 20-dekabrga qadar 50%, ikkinchi to'lovni 10-mayga qadar to'lash mumkin.

Universitet qayerda joylashgan?

Qarshi shahri I.Karimov ko'chasi 405-uy. Eski politexnikum kolleji binosi.

O'quv jarayoni kredit-modul tizimiga asoslanganmi?

Ha.

Men boshqa davlat fuqarosiman, "XIU"ga hujjatlar topshirish imkoni bormi?

Ha xorijiy talabalar oʻz hujjatlarini topshirishlari mumkin.

O'qishga kirdim, endi yo'nalishimni yoki ta'lim shaklimni o'zgartira olamanmi?

Faqat ikkinchi kursdan boshlab fakultet doirasida oʻzgartirish mumkin, agar tanlangan guruhlarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlsa. Oʻzgartirish qarori universitet tasarrufida qoladi.

O'qish qachondan boshlanadi?

2023-yil sentabridan boshlanadi.

O'qish haftaning qaysi kunlari, haftada necha kun?

Dars jadvali hali eʼlon qilinmagan. Oʻqish kunlari Dushanbadan Shanbagacha va darslar 8:30dan 18:00gacha qoʻyilishi mumkin.

Universitetda forma kiyish majburiymi?

Universitet hududida va binolarida tashqi koʻrinish, xulq-atvor madaniyatini tartibga soluvchi universitetning ichki qoidalariga rioya qilish majburiy.

Universitetga tegishli yotoqxona mavjudmi?

Ha, Universitet hududida joylashgan yotoqxona mavjud.

Bu qanday universitet?

Biz ilm-fan sohasiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan va nufuzli reytinglarga erisha oladigan mustaqil fikrlovchilarni yetishtirishni maqsad qilganmiz. Bizning o'quv dasturlarimiz talabalarimizga zamonaviy va sifatli ta'lim olish imkoniyatini berish uchun mo'ljallangan.